Yevropaning eng badavlat odami bir hafta ichida 8 milliard dollarga boyidi

Jahon 09:51 / 25.10.2020 7675

Forbes nashrining xabar berishicha, koronavirus pandemiyasidan kuchli aziyat chekkan hashamat buyumlari bozorining o‘tgan haftadan beri tiklanishi alomatlari paydo bo‘ldi. Buning ortida LVMH aksiyalari 15 oktyabrdan 22 oktyabrgacha 6 foizga qimmatladi.     

Yil boshida Arno bir necha marta dunyoning eng boy odamiga aylangandi. Biroq pandemiya boshlangandan keyin fransiyalik tadbirkor yetakchi pozitsiyalarni yo‘qotgan. 

Arno ayni vaqtda Forbes’ning milliarderlar ro‘yxatida 2-o‘rinni egallamoqda. Reytingda yetakchi o‘rinni 188 mlrd dollar bilan Amazon asoschisi Jyeff Bezos, 3-o‘rinni esa Microsoft asoschisi Bill Geyts 117 mlrd dollar bilan egallamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: