Iqtisodchi olim Ahmad O‘lmasov 88 yoshida vafot etdi

O‘zbekiston 21:17 / 25.10.2020 4822

Ahmad O‘lmasov 1932 yilda tavallud topgan. 1954 yilda Moskvadagi sobiq ittifoq Fanlar Akademiyasining Iqtisod instituti aspiranturasiga kirib, to‘rt yildan so‘ng nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1969 yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 1970 yilda professor unvonini olgan.

Olim qator ilmiy va ta'lim muassasalarida ilmiy xodim, kafedra mudiri, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor sifatida faoliyat yuritdi, ilmiy kengashlarga raislik qildi.

Ahmad O‘lmasov qator darsliklar yaratilishida ham faol ishtirok etdi. 1995 yilda o‘zbek OTMlari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli birinchi milliy darslikni yozdi, kollejlar va litseylar uchun «Iqtisodiyot asoslari», «Iqtisodiy bilim asoslari», «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi bo‘ldi.

Iqtisodchi olim 9 nafar fan doktori, 35dan ortiq fan nomzodining ilmiy ishiga bevosita rahbarlik qildi.

Ko‘proq yangiliklar: