Pedagoglarning navbatdagi (majburiy) attestatsiyasi uchun yig‘im bekor qilinadi - prezident farmoni loyihasi

O‘zbekiston 13:34 / 24.10.2020 12405

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyevning qayd etishicha, pedagog kadrlarga ikkinchi, birinchi va oliy malaka toifasi, katta, yetakchi va bosh o‘qituvchi lavozimi berish, shuningdek mazkur malaka toifalariga va lavozimlarga talabgorlarga tegishli malaka toifasi (lavozim) berish bo‘yicha navbatdagi attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

Navbatdan tashqari, ya'ni o‘z ixtiyori bilan muddatidan avval attestatsiyadan o‘tkazganlik uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Ta'lim inspeksiyasi rahbarining ta'kidlashicha, ushbu yangilik o‘qituvchi-murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kiritilmoqda. Amaldagi tartib bo‘yicha har ikkala holatda ham pedagoglardan yig‘im undirilayotgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: