Maktab bitiruvchilari so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinadi

O‘zbekiston 12:47 / 24.10.2020 16474

Unda ishtirok etayotgan Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov maktab bitiruvchilari so‘nggi olti yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari OTMga kirish imtihonlarida inobatga olinishi haqida gapirdi.

Xalq ta'limi vazirining ta'kidlashicha, bu prezident topshirig‘i va farmon loyihasida o‘z aksini topadi. 

“O‘quvchi maktabda 11 yil o‘qiyapti, lekin taqdiri bir kunda hal bo‘lyapti. Balki o‘sha kuni kasal bo‘lgandir, balki yaxshi uxlamagandir. Shu bois prezidentimiz bu bo‘yicha topshiriq berganlar, o‘quvchilarning maktabda olgan baholari, ya'ni, oxirgi olti yillik natijalari inobatga olinadi”, - dedi Sherzod Shermatov.

Uning ma'lum qilishicha, o‘quvchilarning 7-sinfdan boshlab, professional tashxislash orqali kasbiy moyilligi aniqlanadi. Umumta'lim maktabi o‘quvchilari uchun kichik mutaxassisliklar bo‘yicha qisqa muddatli kurslar tashkil qilinadi, maktab bitiruvchilari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan kasb va lavozimlar belgilanadi.

Ko‘proq yangiliklar: