La Ligada «El-Klasiko», APLda «MYu» - «Chelsi», A Seriyada Shomurodov «Inter»ga qarshi. Hafta o‘yinlari anonsi

Sport 07:51 / 24.10.2020 11570

Hafta o‘rtasidagi yevrokubok startidan keyin shanba va yakshanba kunlari kuchli beshlik toifasiga kiruvchi chempionatlarda tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Kelayotgan haftada ham yevrokubok bahslari o‘tkazilishi sababli top-klublar ishtirokidagi asosiy o‘yinlar shanba kuniga belgilangan. Ispaniyada mavsumning eng asosiy to‘qnashuvi - «El-Klasiko» kuzatilsa, Angliyada «Manchester Yunayted» - «Chelsi», Italiyada esa «Milan» - «Roma» va barcha o‘zbekistonlik muxlislar kutayotgan «Jyenoa» - «Inter» qarama-qarshiliklari o‘rin olgan.

Angliya Premer-ligasi: «MYu» - «Chelsi», «Arsenal» - «Lester»ga qarshi

Tumanli Albionda uik-endning markaziy uchrashuvi «Old Trafford» stadionida o‘tkaziladi. Mavsum startidagi omadsizlikdan keyin Nyukasl va Parijdagi muhim g‘alabalar evaziga tobora o‘ziga kelayotgan «Manchester Yunayted», millionlar sarflangan transferlarga qaramay g‘alabali yo‘lni topolmayotgan «Chelsi»ni qabul qiladi. Joriy mavsumda o‘tkazilgan jami 8 o‘yindan bor yo‘g‘i 2tasida raqibidan ustun kelgan «Chelsi»ning «Old Trafford»dagi muvaffaqiyatiga ham 7 yil bo‘ldi - «aristokratlar» so‘nggi marta 2013 yilda «Orzular teatri»dan g‘alaba bilan qaytishgan. «Yunayted» «Chelsi»ga qarshi oxirgi bahslarda ustunlikka ega bo‘lib turibdi. Shunga qaramay, jamoalarning hozirgi holatidan kelib chiqib, kimnidir ustunligini taxmin qilish qiyin. Sulsher Harri Maguayr, Edinson Kavani, Meyson Grinvud safga qaytganini aytgan bo‘lsa-da, ularning maydonga tushishi so‘roq ostida qolmoqda. Qolaversa, Marsiyal ham diskvalifikatsiyasi bois «Chelsi»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Londonliklar safida esa Kepaning yelkasidan jarohat olganini aytmasa, Lempard tarkib borasida muammoga ega emas. Turnir jadvalidagi holatdan kelib chiqilsa, 3 ochko ikki tomon uchun ham juda muhim.

«MYu» - «Chelsi». So‘nggi 5 o‘yin (APL):

17.02.2020. Chelsi – MYu – 0:2

11.08.2019. MYu – Chelsi – 4:0

20.10.2018. Chelsi – MYu – 2:2

25.02.2018. MYu – Chelsi – 2:1

05.11.2017. Chelsi – MYu – 1:0.

Juma kuni «Aston Villa» 1-o‘ringa chiqib olish imkoniyatini yo‘qotdi. 2-o‘rinda borayotgan Birmingem klubi o‘z uyida «Lids»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:3). Shanba kungi o‘yinlar shiddatli o‘tishi kutilayotgan «Vest Hem» - «Manchester Siti» bahsi bilan boshlansa, «Liverpul» – «Sheffild» uchrashuvi bilan tugaydi. Yakshanba kungi markaziy bahs Londonda «Arsenal» va «Lester» o‘rtasida kechadi. Turnir jadvalida bir xil 9 ochkodan to‘plab, 4-5-o‘rinlarda borayotgan jamoalar o‘yinidagi g‘olib jamoa raqibidan o‘zib ketish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Peshqadam «Everton» safarda «chaqilmas yong‘oq» bo‘lmish «Sauthempton»ga qarshi saf tortadi.

APL. 6-tur

23 oktabr (juma)

00:00. Aston Villa – Lids – 0:3.

24 oktabr (shanba)

16:30. Vest Xem - Manchester Siti

19:00. Fulhem - Kristal Pelas

21:30. Manchester Yunayted – Chelsi

00:00. Liverpul – Sheffild

25 oktabr (yakshanba)

19:00. Sauthempton – Everton

21:30. Vulverhempton – Nyukasl

00:15. Arsenal – Lester

26 oktabr (dushanba)

22:30. Brayton - Vest Bromvich

01:00. Bernli – Tottenhem

La Liga: Alamzadalar «El-Klasiko»si

Futbol ixlosmandi bo‘lmaganlar ham intiqlik bilan kutadigan «El-Klasiko» odatdagidek dunyoni ikki tomonga bo‘lib qo‘yadi. Shanba kuni barchaning nigohi «Kamp Nou»dagi qarama-qarshilik tomon qaratiladi. La Liganing mavsumdagi eng asosiy o‘yinida ikki alamzadalar - «Barselona» va «Real» o‘zaro to‘qnashadi. Ikki tomon ham chempionatdagi oxirgi o‘yinida sensatsion tarzda mag‘lubiyatga uchragani o‘yinning darajasiga ta'sir qila olmaydi. Aksincha, Chempionlar ligasida «Ferensvarosh»ga 6ta gol urgan «Barsa» biroz o‘ziga kelgandek taassurot uyg‘otayotgan bo‘lsa, Madridda «Shaxtyor»dan qabul qilingan qaqshatqich zarba «Real»dagi muammolarni ko‘rsatib berdi. Zidan o‘yin oldidan ta'kidlagandek, «Barsa» bilan uchrashuv vaziyatni o‘zgartirishning eng yaxshi yo‘li». Aks holda fransiyalik murabbiyning Madriddagi faoliyati so‘roq ostida qoladi.

Ronald Kumanning tashvishlari Zidandagi kadrlar muammosiga bas kelolmaydi. Dani Karvaxal, Martin Edegor va Eden Azar maydonga tushmasligi aniq, ustiga-ustak safga qaytgan jamoa sardori Serxio Ramosning jismoniy holati qanday bo‘lishi noma'lum. «El-Klasiko» Kuman uchun ilk jiddiy sinovga aylansa, Zidan uchun oxirgi imtihonga aylanishi mumkin...

«Barselona» - «Real» so‘nggi 5 o‘yin (La Liga):

01.03.2020. Real – Barselona – 2:0

18.12.2019. Barselona – Real – 0:0

02.03.2019. Real – Barselona – 0:1

28.10.2018. Barselona – Real – 5:1

06.05.2018. Barselona – Real – 2:2.

La Liga. 7-tur

23 oktabr (juma)

00:00. Elche – Valensiya – 2:1.

24 oktabr (shanba)

16:00. Osasuna – Atletik

19:00. Barselona - Real Madrid

21:30. Sevilya - Eybar                   

00:00. Atletiko – Betis

25 oktabr (yakshanba)

16:00. Valyadolid – Alaves

20:00. Kadis – Vilyarreal

22:30. Xetafe – Granada

00:00. Real Sosedad – Ueska

26 oktabr (dushanba)

01:00. Levante – Selta

Italiya A Seriyasi: «Milan» - «Roma», Shomurodov «Inter»ga qarshi

Apenin yarimorolida haftaning markaziy uchrashuvi dushanba kuni «Milan» va «Roma» o‘rtasida o‘tkazilsa, ungacha shanba kungi «Jyenoa» - «Inter» o‘yini o‘zbekistonlik muxlislar diqqat e'tiborida bo‘ladi. Eldor Shomurodov to‘p surayotgan klub Genuyada A Seriya grandlaridan biri «Inter»ni qabul qiladi. Ikki klub ham chempionatning oxirgi ikki turida bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan. Antonio Konte jamoasi «Jyenoa»ga qarshi bahsga g‘alaba ilinjida kelishi aniq. Odatda, favoritga qarshi maydonda ikkinchi raqam ostida to‘p suradigan «Jyenoa»dek klublar yakkakurashlarga kirishuvchi va tezkorlikka ega bir nafar hujumchi bilan maydonga tushishadi. Eldorning shunday jihatlarga ega forvardligini inobatga olsak, debyut o‘yindagi nisbatan past bahosiga qaramay, Rolando Maran Shomurodovga yana ishonch bildirishini taxmin qilish mumkin. Ammo Eldor o‘yinni zaxirada boshlashi mumkinligiga yana bir toshbosar sabab bor - «Jyenoa»ning asosiy forvardi Marko Pyatssa safga qaytgan. Har qanday holatda ham Shomurodovni «Inter»dek top-klubga qarshi o‘yinda ko‘rish qiziqarli bo‘ladi.

«Inter»ning hamshahri «Milan» A Seriyadagi peshqadamlikni saqlab qolish uchun «Roma»ni mag‘lub etishga va g‘alabali yurishini davom ettirishga intiladi. Stefano Pioli jamoasi har tomonlama Italiyaning ayni damdagi eng kuchli jamoasi sifatida gavdalanmoqda. Ibrahimovich yetakchiligidagi klub 21 o‘yindan beri mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayapti. «Inter»dan keyin «Roma» ham mag‘lub etilsa, «rossonerlar» skudetto borasidagi bu yilgi maqsadlari jiddiy ekanligiga ishontira boshlashadi.

A Seriya. 5-tur

23 oktabr (juma)

23:45. Sassuolo – Torino 3:3

24 oktabr (shanba)

18:00. Atalanta – Sampdoriya

21:00. Jyenoa – Inter

23:45. Latsio – Bolonya

25 oktabr (yakshanba)

16:30. Kalyari - Krotone                   

19:00. Parma – Spetsiya

19:00. Benevento – Napoli

22:00. Fiorentina – Udineze

00:45. Yuventus – Verona

26 oktabr (dushanba)

00:45. Milan – Roma

Bundesliga. 5-tur

23 oktabr (juma)

23:30. Shtutgart – Keln 1:1.

24 oktabr (shanba)

18:30. Union Berlin – Frayburg

18:30. Leypsig – Gerta

18:30. Mayns - Borussiya M

18:30. Bavariya - Ayntraxt F

21:30. Borussiya D – Shalke

25 oktabr (yakshanba)

19:30. Volfsburg – Arminiya

20:00. Verder – Hoffenhaym

00:30. Bayyer – Augsburg

Franitsiya 1-divizioni: 8-tur

23 oktabr (juma)

00:00. Renn – Anjye – 1:2.

24 oktabr (shanba)

20:00. Loryan – Marsel

23:55. PSJ - Dijon                         

25 oktabr (yakshanba)

17:00. Lans – Nant

19:00. Bordo – Nim

19:00. Brest – Strasbur

19:00. Mets - Sent-Eten

19:00. Monpele – Reyms

21:00. Nitssa – Lill

01:00. Lion – Monako

Rossiya Premer-ligasi: 12-tur

24 oktabr (shanba)           

16:00. Dinamo – Sochi

18:30. Zenit – Rubin

21:00. Krasnodar – Spartak

21:00. Lokomotiv – Rotor

25 oktabr (yakshanba)

16:00. Ural – Tambov

18:30. Rostov – Ximki

21:00. Axmat – Ufa

26 oktabr (dushanba)

21:00. TsSKA – Arsenal.

Usmon Ibodov tayyorladi.

Ko‘proq yangiliklar: