FVV Akademiyasi birinchi bosqich kursantlari qasamyod qilishdi

O‘zbekiston 21:24 / 24.10.2020 2504

Bugun, 24 oktabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi birinchi bosqich kursantlarining «Vatanga qasamyod» marosimi o‘tkazildi. 

Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati, Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri, Akademiya professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tantanada Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiyev Akademiyaning birinchi bosqichiga qabul qilingan kursantlarni vatanga qasamyod qabul qilganliklari munosabati bilan tabrikladi. 

Shundan so‘ng Akademiyaning yuqori bosqichlarida tahsil olayotgan, a'lo baholarga o‘qiyotgan va jamoat ishlarida o‘rnak bo‘layotgan iqtidorli kursantlar – «Vazir stipendiantlari»ga tantanali ravishda faxriy yorliqlar topshirildi.

Tadbir yakunida Akademiyaning Ma'naviyat va ma'rifat markazi boshlig‘i podpolkovnik Savriddin Najmiyev tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.

Ko‘proq yangiliklar: