Yevropada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘ta xavotirli deb hisoblanmoqda

Jahon 18:01 / 23.10.2020 7091

YeIning 23 mamlakati hamda Buyuk Britaniyada COVID-19 bilan kasallanish darajasi "jiddiy xavotir" uyg‘otmoqda. Bu haqda Yevropa kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazi direktori Andrea Ammonning bayonotida ma'lum qilindi.

"COVID-19 bilan kasallanishning o‘sishi jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasiga jiddiy xavf soladi, buning ustiga mintaqaning aksariyat mamlakatlarida o‘ta xavotirli epidemiologik vaziyat hukm surmoqda", - deyiladi bayonotda.

Yevroittifoqning Kipr, Estoniya, Finlyandiya va Gretsiyadan tashqari barcha davlatlari xavotirli vaziyat hukm surayotgan mamlakatlar toifasiga kiritildi.

22 oktabr kuni Fransiya va Ispaniyada COVID-19 koronavirusiga chalinish bo‘yicha sutkalik o‘sish butun pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetgani xabar qilingandi – mos ravishda 41,6 ming va qariyb 21 ming. Juma kuni Polshada kasallik aniqlanishi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi – bir sutkada 13 362ta holat.

Ko‘proq yangiliklar: