Tramp Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralarda «oldinga siljish» borligini aytdi

Jahon 22:17 / 23.10.2020 5018

AQSh prezidenti Donald Tramp Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralarda “oldinga juda yaxshi siljish” borligini aytdi.

 Juma kuni Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashish uchun Vashingtonga yetib kelishdi.

 "Biz bu haqda Armaniston bilan gaplashyapmiz. U yerda juda yaxshi odamlar yashaydi. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin. Bu masalada oldinga juda yaxshi siljish bor deb o‘ylayman", - dedi Tramp jurnalistlarga.

 Tog‘li Qorabog‘da 27 sentyabrdan buyon qurolli to‘qnashuvlar davom etmoqda. Avvalroq Moskvada Ozarboyjon va Armaniston tashqi ishlar vazirlari Jayxun Bayramov va Zograb Mnatsakanyan o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida bitim imzolangandi.

Ko‘proq yangiliklar: