Samsung AirDresser kiyimlaringiz parvarishini o‘z zimmasiga olmoqda

O‘zbekiston 10:57 / 23.10.2020 6757

Tozalash va shamollatish, quritish va dezinfeksiyalash – Samsung AirDresser bug‘ shkafi kiyimlar parvarishini yangi darajaga olib chiqadi.

Samsung kompaniyasining yangi “aqlli shkafi” – bu bugungi kundayoq foydalanish imkoni mavjud kelajak texnologiyalari namunasidir. AirDresser DF60R8600CG/LP har qanday garderob gigiyenasi parvarishi uddasidan chiqa oladi. Odatda bir qancha maishiy hamda professional texnika talab etiladigan holatlarda ham mazkur qurilmaning o‘zi yetarli bo‘ladi. Chiroyli hamda nafis dizaynga ega shkaf zamonaviy uy bekalarining vaqt hamda kuchini tejashda juda asqotadi.

Bug‘ shkafi tozalik uchun har joyda javobgar:

  • Uyingizda. Chiroyli uslubga ega ergonomik shkaf xonadon sharoitiga mukammal darajada mos tushadi. U aynan tozalash hamda ishlov berish jarayonida alohida e'tibor talab etadigan matolarni tozalash uchun yaratilgan. Ust kiyimlar, kurtka, palto va kechki liboslar hech qanday g‘ijimlarsiz toza turadi.
  • Ish joyida. Butiklar, restoran, mehmonxona yoki tashrif buyuruvchilar kiyim-boshiga e'tiborsiz bo‘lmagan har qanday maskanda AirDresser ayni foydali qurilma. Undan xodimlar kiyim-kechaklariga ishlov berish uchun ham foydalanish o‘rinli. Maxsus filtr yordamida kiyimlardagi yoqimsiz hid o‘rniga faqatgina tozalik isi qoladi.
  • Ofisda. Har qanday tadbirkor uchun vaqt eng qimmatli resurs. Ammo, tashqi ko‘rinishga ham vaqt ajrata bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Aqlli shkaf ofis muhiti bilan uyg‘unlik yaratadi hamda kerakli paytga toza kiyimlarni tayyorlab turadi. Yana bir ma'qul jihati uning ortiqcha shovqinsiz ishlashidir. Maxsus uskuna uning tovushsiz yopilishini ta'minlaydi.

    Keng imkoniyatlar taqdim etuvchi ixcham shkaf

    JetStream

    JetStream texnologiyasi yordamida shkaf ideal gigiyenik tozalikni ta'minlaydi. Yuqori haroratdagi JetAir bug‘ yuqori quvvatli oqimlar bilan kiyimga yo‘naltiriladi hamda matoning to‘qimalariga chuqur kira oladi. Uning ta'siri ostida turli viruslar, bakteriyalar va chang zararkunandalaridan osonlik bilan xalos bo‘lish mumkin. JetStream va maxsus filtr juftligi yoqimsiz hidlarni osonlik bilan yo‘q qila oladi.

    HeatPump

    Quritish rejimida HeatPump texnologiyasi qo‘llaniladi. Yuqoridan yuborilayotgan JetAir havo oqimlari hamda pastda joylashgan HeatPump issiqlik nasosi kiyimlarni mutlaqo zarar yetkazmasdan quritadi.

    WrinkleCare

    WrinkleCare texnologiyasi evaziga kiyimlar quriganidan so‘ng ularni dazmollash talab etilmaydi. Bug‘ hamda havo ta'sirida hatto yung yoki viskozadan ishlangan kiyimlarda ham g‘ijimlar qolmaydi.

    AirHangers

    Mato to‘qimalari ichiga chuqur o‘rnashgan changlarni tozalashda JetAir texnologiyasi hamda AirHangers maxsus havo ilgichlari mos keladi. Ko‘p funksiyali shkaf kiyimlarni avaylaydi hamda ularni ichidan tashqariga, yuqoridan va pastdan havo bilan quritiladi.

    Mukammal tozalik va ehtiyotkorona saqlash

    Endilikda ust kiyimlar, bayramona liboslar hamda kundalik kiyimlarni mavsumiy tarzda «ximchistka» qilishning hojati yo‘q. Shkaf kiyimlarni ehtiyotkorona saqlaydi. Bundan tashqari qurilma o‘zini-o‘zi tozalash funksiyasi yordamida shkaf ichida hamisha tozalik saqlanadi.

    Odatda, an'anaviy shkaflarda saqlanadigan kiyimlarga ishlov berishdan so‘ng xonadagi yuqori namlik darajasi natijasida zarar yetishi mumkin. AirDresser bu masalani ham osonlik bilan hal etadi. Quritish rejimida bug‘ shkafining eshigini ochish yetarli va xonadagi yoki ofisdagi namlik darajasi normal sharoitga keladi.

    Albatta, Wi-Fi boshqaruvni ham eslab o‘tish joiz. SmartThings ilovasi yordamida qurilmaning quyidagi qo‘shimcha funksiya va rejimlaridan foydalanish mumkin: Parvarish retsepti, Mening garderobim, Maxsus rejim, Uy sharoiti. Ilova foydalanuvchining talablarini o‘rganib chiqadi hamda kiyim-kechak parvarishinining samaradorligini yanada oshiradi.

    Samsung AirDresser bug‘ shkafini O‘zbekistonda quyidagi do‘konlardan xarid qilishingiz mumkin:

    MediaPark do‘konlar tarmog‘i: +99871 203-77-07

    Mudo Concept butik-do‘koni: +99899 000-60-60

    Samsung kompaniyasining rasmiy dilerlarida: +99899 850-70-60
     


    Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

    Instagram: @samsunguzbekistan

    Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

    Sayt: samsung.uz

    Reklama huquqi asosida 

Ko‘proq yangiliklar: