O‘zbekiston energetika sektoriga bozor qoidalari joriy etiladi va «Elektr tarmoqlari kodeksi» ishlab chiqiladi

O‘zbekiston 22:14 / 23.10.2020 2520

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbirda xalqaro moliyaviy tashkilotlar ko‘magida taqdim etilgan ekspertlar bilan olib borilgan muzokaralar mobaynida elektr energetikasi bozori modeli va o‘tish davrining davomiyligidan qat'i nazar, quyidagi shartlar bajarilgan taqdirdagina  islohotlarni davom ettirish va raqobatli bozor modeliga o‘tish mumkinligi qayd etildi:

- Yangi tahrirdagi «Elektr energetikasi to‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilish.Qonun orqali elektr energetikasi sohasidagi nazorat qiluvchi, tartibga soluvchi va siyosat yurituvchi davlat organlarining maqomlari va funksiyalari belgilanishi, elektr energiyasini ishlab chiqarish, taqsimlash, uzatish, xarid qilish va sotish jarayonlarida ishtirok etuvchi har bir sub'yektning maqomi, funksiyalari va majburiyatlari belgilanadi.

- «Elektr tarmoqlari kodeksi»ni ishlab chiqish. Elektr tarmoqlariga barcha turdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning ulanishi va ushbu tarmoqlardan foydalanishni texnik jihatdan tartibga soluvchi yagona hujjat – «Elektr tarmoqlari kodeksi» qabul qilinadi. Bugungi kunda, elektr tarmoqlariga ulanish va undan foydalanishni tartibga soluvchi bir nechta idoraviy hujjatlar mavjud bo‘lib, ular har xil kuchga va maqomga ega.

-Bozor qoidalarini joriy etish. Elektr energiyasi ulgurji va chakana bozorlarining qoidalari ishlab chiqilishi, tasdiqlanishi va barcha uchun qonuniy kuchga ega bo‘lishi ta'minlanadi.

- Elektr energiyasi taqchilligining yuzaga kelishini oldini olish. Elektr energiyasini ulgurji bozorga o‘tish davrida (4 yilgacha bo‘lgan muddat ichida) taqchillik yuzaga kelmasligini oldini olish maqsadida, ichki ishlab chiqarishni qo‘llab quvvatlash va tashqi energotizimlardan elektr energiyasini import qilish evaziga ta'minlanadi.

Shuningdek, davra suhbatida elektr energetika va neft-gaz tarmoqlarini isloh qilish bo‘yicha tavsiyalar va yo‘l xaritalari muhokama qilinib, ularni tayyorlashda Jahon  banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining xalqaro ekspertlari va maslahatchilari ishtirok etdi.

Ko‘proq yangiliklar: