NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishining ikkinchi kunida Iroq va Afg‘oniston masalasi muhokama qilinadi

Jahon 18:21 / 23.10.2020 3190

Kun tartibidagi yana bir masala sifatida NATOning Iroqdagi o‘quv missiyasi va Iroqning terrorizmga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, ayollarning tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga qo‘shgan hissasi ham kun tartibida mavjud.

Ikki kunlik uchrashuv yakunida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumani o‘tkazishi va jurnalistlarga ma'lumot berishi kutilmoqda.

Yig‘ilishning birinchi kuni NATO mudofaa vazirlari Germaniyaning Ramshteyn shahrida joylashgan NATO havo qo‘mondonligi qoshida NATO kosmik markazini tashkil etishga kelishib oldilar. Kecha muhokama qilingan masalalar qatorida NATOning Rossiyaning yadroviy salohiyatiga munosabati, 5G kabi muhim infratuzilmalar, yuklarni adolatli taqsimlash va Sharqiy O‘rta Yer dengizdagi siyosiy vaziyat ham joy olgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: