Liviyadagi ixtilof tomonlari yarashuv haqidagi kelishuvni imzoladi

Jahon 20:21 / 23.10.2020 3001

Jyenevada Liviyada o‘t ochishni batamom to‘xtatishga kelishib olingan. Hujjat ostida o‘z imzolarini tomonlar vakillari va BMT bosh kotibining Liviya bo‘yicha maxsus elchisi va missiya rahbari Stefani Uilyams qo‘ygan.

Uilyams hujjatni imzolash marosimidagi nutqida kelishuv o‘zidan “Liviya ixtilofini tartibga solishdagi ilk muhim qadam”ni aks ettirishini aytgan. U tomonlarga yarashuv haqidagi kelishuvni tuzishga imkon bergan sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirgan. Uilyams kelishuv liviyaliklarning azob-uqubatlariga chek qo‘yishiga umid bildirgan.

Ta'kidlanishicha, Liviyada o‘t ochishni to‘xtatish rejimi kelishuv imzolanishi bilanoq kuchga kiradi. Tomonlar to‘qnashuvlarning old pazitsiyalarida bo‘lgan barcha harbiy kuchlar va qurollangan otryadlar o‘z lagerlariga qaytishiga qaror qilishgan. Shu bilan birga, Liviyaning butun hududi xorijiy jangarilardan ozod etilishi kerak. Bu 3 oy ichida amalga oshirilishi lozim. O‘t ochishni to‘xtatish rejimi BMT tomonidan terrorchi guruhlar deb belgilangan guruhlarga nisbatan amal qilmaydi.     

Uilyamsning ma'lum qilishicha, tomonlar 23 oktyabrdan boshlab to yangi hukumat shakllantirilgungacha barcha mashg‘ulot lagerlari o‘z ishini to‘xtatishiga kelishib olishgan. Bundan tashqari, xavfsizlik ortidan kuzatish uchun qo‘shma politsiya tuziladi. Tomonlar, shuningdek, yo‘llarning ochilishi hamda Tripoli va Bengazi o‘rtasida muntazam havo aloqasi tiklanishini muhokama qilishgan.      

Liviyada Fayoz Sarroj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati va marshal Halifa Haftar qo‘mondonligi ostidagi Liviya milliy armiyasi o‘rtasida uzoq vaqtdan beri qarama-qarshilik davom etib kelmoqda. Milliy kelishuv hukumatini Turkiya va Qatar, Liviya milliy armiyasini esa Misr va BAA qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: