«Kiberxavfsizlik markazi» direktori o‘rinbosari madaniyat vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

O‘zbekiston 07:56 / 23.10.2020 11396

Vazirlik xabariga ko‘ra, Olimjon Mirzayev 1981 yil 27 sentyabrda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 2001 yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2003 yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - telekommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnika va boshqaruv tizimlari mutaxassisi.

U 2017-2018 yillarda “Axborot xavfsizligini ta'minlash markazi” davlat muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari, 2018-2019 yillarda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi qoshidagi “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Olimjon Mirzayev 2019 yildan shu kunga qadar “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: