Erdo‘g‘an Turkiyaning Qorabog‘dagi ixtilofni hal qilishda ishtirok etishga haqli ekanini aytdi
Turkiya Tog‘li Qorabog‘da Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida kechayotgan ixtilofni hal qilishda Rossiya bilan bir qatorda ishtirok etishga haqli. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aytib o‘tdi.

Foto: AFP 2020 / Adem Altan
“Agar Rossiya Qorabog‘ muammosini hal qilishda ishtirok etmoqchi bo‘lsa, unda Turkiya ham bunga kam huquqqa ega emas”, deb aytgan Erdo‘g‘an. Uning ta'kidlashicha, Moskva tomonidan bu borada hozircha e'tiroz bildirilmagan.
“Biz Rossiya bilan birga Suriyada, Liviyada ishlamoqdamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Turkiya yetakchisi Moskva bilan Qorabog‘ ixtilofi bo‘yicha shunday sharoitlarda teng huquqli asosda ishtirok etish imkoniyatiga izoh berib.
Rossiya AQSh va Fransiya bilan birga Qorabog‘dagi ixtilofni hal qilish bo‘yicha Minsk guruhi hamraisi hisoblanadi. Turkiya ham bu guruhga Armaniston va Ozarboyjon kabi oddiy a'zo sifatida kiradi. Anqara Minsk guruhining Ozarboyjonni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlashini aytayotgan yagona a'zosi hisoblanadi. Jumladan, Anqara Qorabog‘ning “arman okkupatsiyasi”ga chek qo‘yishga chaqirmoqda va Ozarboyjonga harbiy ko‘mak ko‘rsatishga tayyorligini aytmoqda.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025