Marchello Lippi murabbiylik faoliyatini yakunladi

Sport 21:35 / 22.10.2020 2194

«Yuventus» klubi va Italiya milliy jamoasining sobiq ustozi Marchello Lippi murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

«Murabbiylik faoliyatimni yakunlaganimni ma'lum qilaman. Boshqa vazifalarda ishlashga kelsak, buni ko‘rib chiqamiz. Hozircha gapirish befoyda, bahorgacha hech narsa bo‘lmaydi», – deya italiyalikning so‘zlarini keltiradi Radio Sportiva.

Eslatib o‘tamiz, Lippining so‘nggi ish joyi Xitoy milliy jamoasi (2016-2019) edi.

72 yoshli mutaxassis 2006 yili Italiya milliy jamoasini jahon chempioniga aylantirgan. «Yuventus» uning qo‘l ostida 5 bor A Seriyada va 1996 yilgi Chempionlar Ligasida zafar quchgan.

Ko‘proq yangiliklar: