EPSILON (EDC): Kuz-qish mavsumida gaz yetkazish infratuzilmasi ishonchliligini mustahkamlash – birlamchi vazifadir

O‘zbekiston 12:55 / 22.10.2020 5449

Respublika, jumladan Farg‘ona vodiysi iste'molchilariga kuz-qish davrida gaz yetkazib berish ishonarliligini oshirish maqsadida asosiy gaz yetkazish quvurlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari davom ettirilmoqda.

Hozirda «Ohangaron-Pungan» asosiy gaz quvurida uzunligi 25 km bo‘lgan yonlama quvur tortish hamda quvurning 338 km dan boshlangan, «Yangiyer KS-Shirin GTS»gacha bo‘lgan 4,7 km lik masofada gaz oqimi yo‘nalishini o‘zgartirgich qurilishi, shuningdek, «Muborak-Zirabuloq» (BGX-TBA), «DBST», «Kelif-Muborak» va «BGX-TBA-A» gaz quvurlarining umumiy 25,8 km lik avariyaviy qismlarini to‘liq ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

22 oktabr holatiga ko‘ra, jami:

  • Yuqori tog‘ sharoitida quvurlar yotqizish uchun tayyorlangan yo‘lak – 7,4 km;
  • Yo‘lakka olib kelingan quvurlar – 17 km;
  • Kavlangan zovurlar – 7,2 km;
  • Qatorga payvandlangan quvurlar – 11,6 km;
  • Yotqizilgan quvurlar – 5,8 km ni tashkil etdi.

Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq ravishda bajarilmoqda.  

Epsilon Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar: