Yangi Hummer Tesla Cybertruck elektromobili raqobatchisi bo‘ladi

Fan-texnika 16:06 / 21.10.2020 6182

General Motors konserni Hummer nomini avtomobil bozoriga qaytarmoqda. Endilikda u ulkan elektr pikap sifatida ishlab chiqariladi.

Hummer EV Edition One uchta elektromotorga ega (old qismida bitta va orqa qismida ikkita). Ularning umumiy quvvati 1000 ot kuchidan ortiqroq. Elektromobil bir marta quvvatlanish bilan 563 kilometr yo‘l bosishi mumkin, uning 10 daqiqalik quvvati 160 kilometr masofaga yetadi.

 Keyinroq elektr pikapning uchta: motor quvvati 800 ot kuchiga ega va 482 kilometr yo‘l bosa oladigan Hummer EV3x, 625 ot kuchiga ega EV2x va bir marta quvvat olib 405 kilometrgacha yura oladigan EV2 versiyalari ishlab chiqariladi.

Bozorga birinchi bo‘lib eng maksimal versiyasi 2021 yilning ikkinchi yarmida chiqadi. Uning narxi 112 595 dollarni tashkil etadi. Qolgan versiyalari esa 2022-24 yillarda chiqishi rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: