O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida portlash bo‘lishi haqida yolg‘on xabar bergan fuqaro aniqlandi

O‘zbekiston 10:10 / 21.10.2020 5296

Ma'lum bo‘lishicha, shu kuni noma'lum shaxs uyali aloqa raqamidan Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Bog‘ ko‘chasida joylashgan Uztelecom aloqa kompaniyasi operatoriga qo‘ng‘iroq qilib, rus tilida “Ertadan keyin O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi elchixonasida portlash bo‘ladi” degancha aloqani yakunlagan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida noma'lum shaxs qo‘ng‘iroq qilib chiqqan telefon raqami Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan J.N.ning nomiga rasmiylashtirilganligi, lekin u ushbu raqamdan foydalanmasligi ma'lum bo‘ldi. Undan tog‘asi, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan A.D. foydalanishi aniqlandi. Aynan u ushbu qo‘ng‘iroqni amalga oshirganligi ma'lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, A.D.ning nima maqsadda bunday qilganligiga oydinlik kiritilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: