Zelenskiy Qrimni Rossiyadan qaytarib olish o‘zining ustuvor vazifasi ekanligini aytdi

Jahon 16:09 / 20.10.2020 8022

«Biz Qora dengiz hududida 2ta Ukraina harbiy-dengiz bazasini qurishni boshlaymiz», – degan prezident.

Zelenskiyning tushuntirishicha, rasmiy Kiyev Ukraina hududini boshqalarga berib qo‘ymaydigan armiya tashkil qilmoqda. Qrimni «jangsiz» berib qo‘yganlar esa javobgarlikka tortilishi kerak.

«Biz Ukrainani quruqlikda, dengizda, havoda va kiber maydonda himoya qila oladigan armiya quramiz. Bizning hududiy yaxlitligimiz va suverenitetimizga daxl qilish boshqa hech kimning xayoliga ham kelmasin. Boshqalar Ukraina hududining bir qismini bitta ham o‘q otmasdan tortib olish mumkin deya o‘ylamasin», – dedi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda gap hudud haqida emas, adolat haqida ketmoqda. Shu bilan birga, Zelenskiy Donbassda tinchlik o‘rnatish va Rossiya tomonidan okkupatsiya qilingan Qrimni qaytarib olish ustuvor vazifa ekanligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: