Yevrokomissiya YeI fuqaroligini sotgan Kipr va Maltaga nisbatan surishtiruv boshladi

Jahon 17:48 / 20.10.2020 2131

Yevrokomissiya (YeK) Yevropa fuqaroligini sotgani yoki oltin pasport dasturi (investitsiya evaziga fuqarolik berish)ni amalga oshirgani uchun Kipr va Maltaga nisbatan surishtiruv boshladi. Bu haqda YeK bayonotida aytilmoqda.

 "Yevrokomissiya YeI fuqaroligini "sotganligi" uchun Kipr va Maltaga qarshi qonun buzilishlarni bartaraf qilish protsedurasini ochdi", - deyiladi bayonotda.

Yevrokomissiyaning fikricha, bu davlatlar tomonidan investitsiya evaziga o‘z fuqaroligini (shu bilan birga YeI fuqaroligini ham)  taqdim etishi Yevropa ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomada ko‘rsatilgan tamoyillarga to‘g‘ri kelmaydi.

YeK Bryusselga javob berish uchun Kipr va Malta hukumatlari ixtiyorida ikki oy muddat borligini qayd etgan.

"Agarda javoblar qoniqarli bo‘lmasa, Yevrokomissiya bu masala bo‘yicha o‘z xulosasini kiritishi mumkin", - deyiladi YeK bayonotida.

2019 yil yanvarda Yevrokomissiya Malta va Kiprning Yevroittifoqqa kirmaydigan mamlakatlar fuqarolariga oltin pasport berish tizimi borasida xavotir bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: