YeIda inson huquqlari buzilgani uchun sanksiyalar qo‘llash rejimi joriy etiladi

Jahon 14:41 / 20.10.2020 734

Yevropa Komissiyasi YeI tomonidan dunyoning istalgan mamlakatida inson huquqlari buzilgani uchun sanksiyalar joriy etish algoritmini yaratmoqchi. Bu haqida 19 oktabr kuni Yevrokomissiya raisining prognoz qilish bo‘yicha o‘rinbosari Maros Shefchovich Bryusseldagi matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

«Yevropa Komissiyasi inson huquqlari jiddiy buzilgani uchun qayerda bo‘lishidan qat'i nazar, sanksiya rejimini joriy etish bo‘yicha taklif bilan chiqdi. Sanksiyalar Yevropa Ittifoqi banklariga kirishni taqiqlash va aktivlarni muzlatishdan iborat bo‘ladi», — degan yevropalik siyosatchi.

Inson huquqlari global darajada tobora ko‘proq buzilayotgani mazkur qarorning sababi sifatida ko‘rsatilgan.

«Yaqinda Belarusda bo‘lib o‘tgan voqealar, Navalniy bilan sodir bo‘lgan voqea, Venesuela va Suriyadagi vaziyatni hisobga olgan holda, bizdan, shubhasiz, alohida sanksiyalar rejimini yaratish talab qilinadi», — dedi Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari.

Endilikda Yevropa komissiyasining taklifi Yevropa Ittifoqi kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. YeIning barcha 27 davlati vakillari yangi sanksiyalar rejimini qo‘llab-quvvatlagan taqdirda, ittifoq mamlakatlari ushbu ro‘yxatga kiritilgani uchun, ularning fikriga ko‘ra, ittifoqdan tashqarida inson huquqlari buzilishida aybdor deb hisoblangan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning nomlarini taklif qilishlari mumkin bo‘ladi.

«Biz sanksiyalardan o‘z maqsadlarimiz yo‘lida foydalanishni xohlamaymiz. Bu sanksiyalar alohida mamlakatlar va institutlarning xatti-harakatlarini o‘zgartirishga imkon beradigan vosita bo‘lishi kerak», — deya xulosa qilgan Shefchovich.

Ko‘proq yangiliklar: