Turkiyada koronavirus sababli ommaviy reydlar o‘tkazilishi e'lon qilindi

Jahon 15:20 / 20.10.2020 2818

Turkiyaning Antalya shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha choralar kuchaytirilgani e'lon qilindi. Bu haqda Milliyet nashri xabar berdi.

Yangi choralar mahalliy aholiga ham, turistlarga ham taalluqli bo‘ladi. Xususan, gigiyena bo‘yicha kengash qaroriga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari politsiya reydlari o‘tkazadi va jamoat joylarida qoidalarga rioya qilinishini tekshiradi.

Temir yo‘l va avtovokzallar, aeroportlar, savdo markazlari, ko‘ngilochar parklar, qahvaxona, restoran, bozor va plyajlarda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash majburiy etib belgilandi. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 350 mingga yaqinlashgan, 9,3 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: