Tramp yutqazsa, Isroil demokratlarning bosimiga duch keladi – maslahatchi

Jahon 15:48 / 20.10.2020 3526

«Agar Tramp 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda raqibi Jo Baydenga yutqazsa, Isroil Demokratlar partiyasiga yon berishga majbur bo‘ladi», dedi katta yevangelist xristianlar yetakchisi va Trampning maslahatchisi Mayk Evans Israel International News nashriga bergan intervyusida.

«Tramp Amerika tarixidagi Isroilni eng ko‘p qo‘llab-quvvatlovchi prezident. Ammo u saylov uchastkalarida unchalik yaxshi ishlamayapti», degan Evans.

Uning aytishicha, Bayden Isroilga qarshi kurashmasada, saylovda g‘alaba qozonsa, Trampning Yaqin Sharqdagi tinchlik uchun qilgan harakatlariga zarar yetkazishi mumkin.

«Bayden Isroilga qarshi emas. U Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi. Ammo hozirgi ulkan tinchlik rejasi, Tramning mehnati va samarasidir. Biz uni yana 4 yil prezidentlikda ko‘rishni istardik», deya ta'kidlagan u.

 

Ko‘proq yangiliklar: