Shvetsiya Xitoy kompaniyalarining 5G tarmoqlari uchun mo‘ljallangan qurilmalaridan foydalanishni taqiqladi

Fan-texnika 23:18 / 20.10.2020 2892

Shvetsiya hukumati mamlakat hududida 5G tarmoqlarini yaratishda Xitoyning Huawei va ZTE kompaniyalari qurilmalaridan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda CNBC yozmoqda.

Ushbu qaror 5G chastotalari uchun noyabrda bo‘lib o‘tadigan auksion arafasida qabul qilindi. Hukumatning bildirishicha, Shvetsiya Xitoyni mamlakat uchun eng katta tahdidlardan biri deb hisoblaydi. Stokholmning bu qaroridan raqobatchi kompaniyalar Ericsson va Nokia yutadi.

Shvetsiya Xitoy kompaniyalariga cheklov qo‘ygan Yevropadagi birinchi davlat emas. Avvalroq Buyuk Britaniya ana shunday qaror qabul qilgandi.

Dastlab Huawei kompaniyasiga nisbatan AQSh cheklovlar kiritgandi. Vashington Xitoy kompaniyasini maxsus xizmatlarga aloqador deb hisoblamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: