IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 1982 yilda tug‘ilgan B.N. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning burilib olish qismida o‘zidan oldinda burilib olayotgan “Gaz-5327” rusumli transport vositasining orqa qismiga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Natijada, “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi B.N va 1987 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi B.Yu. og‘ir darajadagi tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Shuningdek, “Lasetti” avtomashinasi yo‘lovchilari, 1975 yilda tug‘ilgan T.H., 1989 yilda tug‘ilgan T.D. hamda 1983 yilda tug‘ilgan T.B. turli tan jarohatlari bilan Jomboy tumani tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.