Qo‘polliklardan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchilar aniqlandi. Eng ko‘p qoidabuzarlik Neymarga nisbatan ishlatilgan

Sport 18:14 / 20.10.2020 3484

CIES Football Observatory’ning xabar berishicha, joriy mavsum boshidan buyon 28 yoshli braziliyalik hujumchiga o‘rtacha har 20 daqiqa-yu, 39 soniyada qo‘pollik ishlatilgan. 

Qo‘polliklardan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchilarning top-10ligiga Fransiya chempionatining 5 nafar vakili, APLdan 4, La Ligadan esa 1 nafar futbolchi joy oldi. O‘nlikni «Liverpul» forvardi Sadio Mane yakunlab bergan.

2020/21 yilgi mavsumda qo‘polliklardan eng ko‘p jabr ko‘rgan futbolchilar o‘nligi:

1. Neymar («PSJ»)

2. Anjyelo Fyuljyeni («Anjyer»)

3. Yanxel Errera («Granada»)

4. Ignatius Ganago («Lans»)

5. Arno Norden («Sent-Eten»)

6. Mikail Antonio («Vest Hem»)

7. Ivan Neu («Sent-Eten»)

8. Risharlison («Everton»)

9. Greydi Diangana («Vest Bromvich»)

10. Sado Mane («Liverpul»).

Ko‘proq yangiliklar: