Namangan viloyati paxta rejasini bajardi

O‘zbekiston 10:01 / 20.10.2020 11546

Namanganda bundan qariyb 50 yil avval, 1971 yili shunday natija qayd etilgan, 22 oktabr kuni reja to‘lgandi.

Viloyatda 2020 yil hosili uchun 1 849ta fermer xo‘jaligi va 7ta klaster korxonasi tomonidan 63 406 gektar maydonga chigit ekilib, har gektardan o‘rtacha 31,7 sentnerdan jami 201 250 tonna paxta xomashyosi yetishtirish bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari tuzilgan.

63 406 gektar maydondan 28 394 gektariga (45 foiz) “Andijon-35”, 10 986 gektariga (17 foiz) “S-6524”, 10 770 gektariga (17 foiz) “Sulton”, 4 737 gektariga (7,5 foiz) “Namangan-34” navi va 8 519 gektar (13 foiz) maydonga istiqbolli va yangi navlar joylashtirildi.

Terimni tizimli tashkil etish maqsadida 1 381ta otryad shakllantirilib, 184 ming nafardan oshiq terimchi jalb etildi. Viloyatda bu yil 45ta terim mashinasi terimda qatnashdi. 

Ko‘proq yangiliklar: