Isroil va BAA o‘rtasida viza bekor qilinadi

Jahon 14:26 / 20.10.2020 1318

Xabarda ta'kidlanishicha, BAA Isroil uchun vizani bekor qilgan birinchi arab mamlakati bo‘ladi. Tel-Avivdagi «Ben Gurion» xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tadigan marosimda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu, AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin va Birlashgan Arab Amirliklarining moliya vaziri Ubeyd ibn Hamid at-Tayyor ishtirokida bitim imzolanadi va keyinchalik qo‘shma bayonot beriladi.

Shuningdek, bugun Isroilga tashrif buyuradigan BAA delegatsiyasi Tel-Aviv ma'muriyati bilan ikki tomon o‘rtasidagi tijorat safarlarini osonlashtirish uchun bir qator shartnomalarni ham imzolaydi. 

Eslatib o‘tamiz, 15 sentabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan rasmiy marosimda Isroil, BAA va Bahrayn o‘rtasida «munosabatlarni normallashtirish» bo‘yicha shartnomalar imzolangandi.

Ko‘proq yangiliklar: