Indoneziya halol mahsulotlar bozorida asosiy «o‘yinchi» bo‘lishni maqsad qilmoqda

Jahon 21:08 / 20.10.2020 1755

Ma'ruf Amin virtual munozarada so‘zga chiqib, Indoneziya global halol mahsulotlarning iste'molchisi bo‘lib qolayotgani va 2018 yilda halol oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlariga umumiy xarajatlar 214 milliard dollarni yoki dunyodagi halol mahsulotlarning 10 foizini tashkil etganini ta'kidlagan.

«Biz boshqa musulmon mamlakatlarga nisbatan eng ko‘p iste'molchi mamlakatmiz.

Indoneziya 2018 yilda 2,2 trillion dollarga tashkil etgan va 2023 yilda 3 trillion dollarga o‘sishi kutilayotgan global halol bozorning imkoniyatlaridan unumli foydalanishi kerak.

Biz bugungi kunda umumiy bozorning 3,8 foizini tashkil etadigan eksport hajmini oshirish orqali jahon halol bozori salohiyatidan foydalanishimiz kerak», degan Amin.

Uning ta'kidlashicha, hukumat Indoneziya halol sanoatining o‘sishini rivojlantirish uchun mikro va kichik biznes uchun halol sertifikatlash narxini pasaytirish va kichik biznesga kirishni osonlashtirish ustida ish olib bormoqda.

Mamlakatning halol sayyohlik sanoati dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, musulmon moda sanoati 3-o‘rinni, islomiy moliya sanoati esa 5-o‘rinni egallagan.

«Biroq halol oziq-ovqat va ichimliklar sanoati sohasida Indoneziya 2019-2020 yillarda global islom iqtisodiy hisobotiga ko‘ra birinchi o‘nlikka ham kirmadi», deya xabar bergan kichik va o‘rta korxonalar vaziri Teten Masduki.

Shuningdek, Din ishlari vaziri Fachrul Roziy ko‘p odamlar milliy va global miqyosda halol mahsulotlarga e'tibor berishi, shuning uchun halol mahsulot ishlab chiqarish sanoati imkoniyatlar kelajakdagi global iqtisodiyot uchun juda ham istiqbolli soha hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: