FIFA «Sho‘rtan»ga qishki transfer oynasida taqiq qo‘yadi

Sport 15:49 / 20.10.2020 2332

«Klubning sobiq murabbiylari Igor Kriushenko hamda Vitaliy Varivonchik «Sho‘rtan»da qolib ketgan pullarini olish uchun bir necha yildan buyon kurash olib boradi. Bir necha kunlar avval FIFA «Sho‘rtan» uchun so‘nggi ogohlantirish berdi, biroq iqtisodiy muammolar girdobida bo‘lgan jamoa qarzlarni baribir bartaraf eta olmadi. 

Endilikda FIFA «Sho‘rtan» uchun kelayotgan qishki transfer oynasiga taqiq qo‘yadi. Bizda qishki transfer 4 yanvar sanasida ochiladi hamda 12 mart kuniga qadar davom etadi.

So‘nggi 1 yildan buyon «Sho‘rtan» rahbariyati yaxshi ishlayapti. Buni jamoa qayd etayotgan natijalarda ham ko‘rish mumkin. Taxminan shuncha vaqtdan beri rahbariyat o‘zimizning murabbiylar, futbolchilar va boshqa ishchi-xodimlar bilan sudlashdi, ko‘plab muammolar hal qilindi. Biroq xorijiy mutaxassislar oldidagi pullar masalasini bugungi sharoit bilan hal etib bo‘lmaydi», - deya yozadi PFL rahbari.

Ma'lumot uchun, G‘uzor klubi Pro liga 12-turidan keyin 25 ochko bilan musobaqada peshqadamlik qilmoqda. Klub so‘nggi o‘yinida «Xorazm»ga mag‘lub bo‘ldi (1:0).

Ko‘proq yangiliklar: