Bugatti yagona nusxada ishlab chiqaradigan giperkarining tizer-suratini e'lon qildi

Fan-texnika 22:05 / 20.10.2020 6661

Motor.ru xabariga ko‘ra, avtomobil istisno tariqasida faqat poygalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ikki eshikli ushbu superkar mijozlardan biri uchun yagona nusxada ishlab chiqarilmoqda.

Bugatti'ning poyga avtomobili haqidagi ovozalar bir necha oy avval paydo bo‘lgan edi. Mashina butunlay o‘ziga xos kuzovga ega bo‘ladi, uning tashqi ko‘rinishi esa Bugatti'ning boshqa modeli Vision Le Mans dizayniga o‘xshab ketadi.

Bugatti Vision Le Mans

Avtomobil 1600 ot kuchiga ega, 8 litrli W16 kvadroturbo motori bilan jihozlanadi hamda aerodinamika tizimiga ega bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: