«Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik doirasidagi qator masalalar muhokama qilindi. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, o‘tkazilishi ko‘zda tutilayotgan hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning ikkinchi majlisiga tayyorgarlikning borishi holati ko‘rib chiqildi», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat bosh vazirlari boshchiligidagi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning birinchi majlisi 2019 yil may oyida Xorazm viloyatida o‘tkazilgan edi.