Xiaomi tezkor simsiz quvvatlagichini namoyish etdi

Fan-texnika 18:58 / 19.10.2020 5604

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi 80 vatt quvvatga ega simsiz quvvatlagichini taqdim etdi. Kompaniya quvvatlagich qanday ishlashini o‘zining YouTube kanalida namoyish etgan.

U bozordagi eng yuqori quvvatli simsiz quvvatlagich maqomini olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Taqqoslash uchun, Xiaomi Mi 10 Ultra smartfoni “havo orqali” 50 vattli, yaqinda taqdim etilgan iPhone 12 esa 15 vattli quvvatlashni olishi mumkin.

Xiaomi quvvatlagichi sig‘imi 4000 mAS bo‘lgan akkumulyator quvvatini 1 daqiqada 10, 8 daqiqada 50 va 19 daqiqada 100 foizga yetkaza oladi.   

Kompaniya bunday shiddatda quvvatlana oladigan smartfonlar qachon savdoga chiqarilishi to‘g‘risida ma'lum qilmagan. Katta ehtimol bilan bu Xiaomi Mi 11 smartfoni bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: