Humo Air faoliyatini boshladi. Asosiy buyurtmalar – qishloq xo‘jaligi sohasida

O‘zbekiston 23:18 / 19.10.2020 14715

Hukumatning shu yil 20 yanvardagi qarori bilan «Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi» DUK balansida bo‘lgan «An-2» rusumli havo kemalari, tegishli aviatsiya mulki va boshqa mol-mulklar «Uzbekistan Airways» AJ tarkibidan chiqarilgan holda, «Humo Air» MChJ tasarrufiga o‘tkazilgan edi.

Kun.uz Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatovdan olgan ma'lumotga ko‘ra, Humo Air O‘zbekiston bo‘ylab xizmat ko‘rsatishni boshlagan.

Unga ko‘ra, Humo Air mahalliy aviaxizmatlarni ko‘rsatishga ixtisoslashgan bo‘lib, istaganlar uning xizmatidan buyurtma asosida foydalanishi mumkin.

«Masalan, Qoraqalpog‘istonda «AN-2» samolyotlari xizmatidan bir soat foydalanish qiymati 7 mln so‘mdan sal ko‘proqni tashkil etadi. Ayni paytda asosiy buyurtmalar qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri kelmoqda», – dedi Navro‘z Ashurmatov.

Ko‘proq yangiliklar: