Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi

O‘zbekiston 18:05 / 19.10.2020 2929

Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, 2021 yilda buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi keng nishonlanadi.

Qarorga ko‘ra:

  • Alisher Navoiy hayoti va ijodini O‘zbekiston va xalqaro miqyosda keng o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etiladi;
  • Alisher Navoiyning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va ommalashtirishga ulkan hissa qo‘shgan O‘zbekiston va xorijiy davlatlar fuqarolarini hamda ilmiy-ijodiy muassasalarini taqdirlash maqsadida Alisher Navoiy ordeni ta'sis etiladi;
  • xorijiy davlatlarda saqlanayotgan Alisher Navoiy qalamiga mansub va u yashagan davrga oid qo‘lyozmalarning faksimile nusxalarini O‘zbekistonga olib kelish choralari ko‘riladi;
  • Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosini tadqiq etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq ilmiy loyihalar tanlovi e'lon qilinadi;
  • 2021 yil oxiriga qadar O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Alisher Navoiy asarlari hamda navoiyshunoslik fani bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarning elektron platformasi yaratiladi;
  • 2021 yilda Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi tashkil etiladi;
  • 2021 yil noyabr oyining birinchi o‘n kunligida Navoiy shahrida “Alisher Navoiy ijodiy merosining bashariyat ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etiladi.
Ko‘proq yangiliklar: