Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronga nisbatan qurol embargosi amal qilishi to‘xtadi
Eronga qurol importi va eksportiga nisbatan kiritilgan embargo muddati 18 oktyabrda o‘z nihoyasiga yetdi. Endilikda Eron qurol sotib olishi va sotishi mumkin.

Foto: Ronald Zak / AP
18 oktyabrda Eron yadro dasturi atrofidagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha qabul qilingan Harakatlar dasturi kuchga kirganiga va BMTning ushbu dasturni qo‘llab-quvvatlovchi 2231-sonli rezolyutsiyasi qabul qilinganiga 5 yil to‘ldi.
Avval Eronga jangovar tank va zirhli mashinalar, katta kalibrli artilleriya tizimlari, jangovar samolyotlar va vertolyotlar, harbiy kemalar, raketa yoki raketa tizimlarini yetkazish, sotish yoki berish faqatgina BMTning ruxsati bilangina amalga oshirilgan.
“Eronga qurol import qilish va Erondan qurol eksport qilish, bu bilan bog‘liq faoliyat hamda moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan barcha cheklovlar avtomatik ravishda amal qilishdan to‘xtaydi”, deb ma'lum qilingan Eron tashqi ishlar vazirligida.
Shuningdek, 18 oktyabrdan bir qator eronlik harbiylar va fuqarolarga nisbatan kiritilgan taqiqlovlar amal qilishi to‘xtaydi. Endilikda ularga BMTga a'zo davlatlar hududlariga kirish yoki ular orqali o‘tishga ruxsat beriladi.
“Bugun xalqaro hamjamiyat uchun ahamiyatli kundir. U AQShning urinishlariga qaramay, BMTning 2231-sonli rezolyutsiyasini va Harakatlar dasturini himoyalay oldi”, deyilgan Eron tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Shu bilan birga, bayonotda ta'kidlanishicha, Eron hozirda o‘z harbiy ehtiyojlarini o‘zi ta'minlaydi va xorijiy ko‘makka muhtoj emas.
“Eron mudofaa sanoati ehtiyojlarining 90 foizdan ko‘prog‘ini mamlakat ichida ishlab chiqaradi va xorijdan ko‘makka muhtoj emas”, deb ma'lum qilgan Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzoda.
Eron bilan yadro kelishuvi nomi bilan ham ma'lum bo‘lgan Harakatlar dasturi 2015 yilda Tehron va 6 ta davlat – Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQSh va Fransiya o‘rtasida tuzilgan. Kelishuvga ko‘ra, uning biror-bir ishtirokchisi Eron kelishuv shartlarini buzgan deb topsa, Tehronga nisbatan BMT sanksiyalarini to‘liq hajmda tiklay oladi.
AQSh 2018 yilda kelishuvdan chiqib ketgan bo‘lsa-da, Vashingtonda u o‘z ortidan kelishuv ishtirokchisi huquqini saqlab qolishi aytilgan.
2020 yil avgustda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo BMT Xavfsizlik kengashiga Eron kelishuv shartlarini bajarmayotgani haqida shikoyat qilgan. Shu sababli Vashington Eronga qarshi BMT sanksiyalarini tiklamoqchiligini aytgan, biroq Xavfsizlik kengashi AQShning bu rejasini qo‘llab-quvvatlamadi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
-
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi
Jahon | 19:30
-
Shimoliy Koreya Ukrainadagi urush vaqtida Rossiyaga 12 milliondan ortiq snaryad yetkazib berdi
Jahon | 18:58
-
SpaceX Isroilga tegishli aloqa sun’iy yo‘ldoshini orbitaga olib chiqdi
Jahon | 18:49
Mavzuga oid

15:28
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025