La Liga. «Real» kutilmaganda o‘z maydonida «Kadis»ga yutqazdi

Sport 23:37 / 17.10.2020 3905

Ispaniya chempionatining 6-turida «Real» o‘z maydonida Segundadan chiqqan «Kadis»ni qabul qilib, minimal hisobda imkoniyatni boy berdi. Losanoning goli mehmonlarga 3 ochko keltirdi.

G‘alabadan so‘ng «Kadis» ochkolarini 10taga yetkazib, «Real»ga yetib oldi. To‘plar nisbatiga ko‘ra, Madrid klubi 1-o‘ringa, «Kadis» esa 2-o‘ringa joylashgan.

La Liga, 6-tur
Real – Kadis 0:1

17 oktabr, «Estadio Alfredo Di Stefano»
Gol: Losano (16).

Real – Kurtua, Marselo, Ramos (Militao, 46), Nacho, Varan, Isko (Valverde, 46), Kroos (Yovich, 78), Vaskes (Asensio, 46), Modrich (Kazemiro, 46), Vinisius Junior, Benzema. 

Kadis – Ledesma, Kala, Espino, Akapo, Fali Ximenes, Aleks Fernandes, Yonsson (Ezikerdo, 86), Xose Mari (Garrido, 76), Salvi Sanches, Negredo (Al, 81), Losano (Malbashich, 46).

Ogohlantirish: Ramos (34).

Ko‘proq yangiliklar: