«Koronavirus kasalligida nebulayzer qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi» - shtab a'zosi

O‘zbekiston 17:20 / 17.10.2020 8208

Nebulayzer - bu suyuq dorini solish yo‘li bilan dorini juda mayda zarrachalarga bo‘lib, o‘pka to‘qimasining eng chuquriga yetkazuvchi va yaxshi natijalar beruvchi tibbiy moslama. Nebulayzer nafas olish tizimi kasalliklarida, o‘pka surunkali kasalliklarida, respirator kasallik, mukovissidoz, bronxial astma kasalliklarida qo‘llaniladi. 

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda koronavirusdan uyda davolanishda nebulayzer orqali dori bersa bo‘ladimi, degan savolga javob qaytardi.

«Surunkali kasalliklari bor bemorlarga kasallik xuruji paytida uy sharoitida ingalyatsiya (dori moddalarini nafas yo‘llariga kiritish)ni yoki nafas olishga yordam beruvchi qurilma (nebulayzer)dan foydalanishni tavsiya etishimiz mumkin. Lekin koronavirus kasalligida nebulayzer qo‘llanilishi tavsiya etilmaydi. Chunki bunda dorini mayda zarrachalarga bo‘lib berilishi bilan virus va dorilar hajmi bir xil bo‘lib qoladi. Viruslarni ushbu yo‘l bilan o‘pka to‘qimasiga dori bilan birga yana ham chuqurroq kirishiga yo‘l ochib beramiz.

Ikkinchidan, uyda davolanayotgan davrda virusning bug‘simon tarqalish yo‘li bilan atrofga tarqalishini tezlashtirishimiz va ko‘payishiga yo‘l ochib berishimiz mumkin», - dedi shtab a'zosi.

Ko‘proq yangiliklar: