Imomali Rahmonning inauguratsiyasi sanasi ma'lum qilindi 

Jahon 00:02 / 17.10.2020 8301

Tojikiston prezidenti saylovlari g‘olibi – amaldagi prezident Imomali Rahmonning yangi muddatga inauguratsiyasi 30 oktyabrda o‘tkazilishi belgilandi. Rahmonning prezident lavozimini bajarishga kirishishi marosimi parlamentning quyi va yuqori palatalarining qo‘shma yig‘ilishida o‘tkaziladi.  

Tojikiston qonunchiligiga ko‘ra, prezident saylovlari g‘olibi lavozimini bajarishga kirishishi uchun parlament palatalarining qo‘shma yig‘ilishida qasamyod keltirishi kerak.

Rahmon 11 oktyabrda o‘tgan prezident saylovlarida 90 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi.

Ko‘proq yangiliklar: