Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gaz eksporti kamaygani aholini gaz bilan ta'minlash darajasini oshirish uchun yetarli emasligi aytildi
O‘zbekistonda tabiiy gaz eksportining kamayishi hozircha ichki iste'molchilarga yetkazib beriladigan gaz hajmini oshirish uchun yetarli emas, deb ma'lum qildi «Hududgazta'minot» AJ mas'ul xodimi Abdusattor Qayumov.
16 oktabr kuni kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.
Tadbirda mas'ullarga nobop isitish moslamalaridan foydalanish oqibatida kelib chiqayotgan noxush holatlarga tabiiy gaz yetishmovchiligi ham sabab bo‘lishi mumkinligi, Rossiya va Xitoyga gaz eksporti kamaytirilgani hisobiga hududlarni ko‘proq gaz bilan ta'minlash imkoni yuzaga kelmadimi, degan mazmunda savol berildi.

Savolga «Hududgazta'minot» AJ mas'ul xodimi Abdusattor Qayumov javob berdi.
«Hozirgi kunda respublikamizda tabiiy gazdan foydalanadigan iste'molchilarimiz 3,7 milliondan oshadi. 3,3 mln iste'molchi esa suyultirilgan gazdan foydalanadi. Tabiiy gaz bilan ta'minlash imkoniyatimiz bor joylarga tabiiy gaz yetkazib beryapmiz, lekin imkoniyat yo‘q bo‘lgan joyga tabiiy gaz olib boramiz desak, muammolarni ko‘paytirishimiz mumkin.
Hozirgi kunda ishlab chiqarilib, bizga yetkazib berilayotgan gaz hajmidan kelib chiqib iste'molchilarga yetkazib beryapmiz. Agar resurslar ko‘paysa, yetkazib berish hajmini ham ko‘paytirish mumkin, lekin hozirgi kunda, xabaringlar bor, ko‘p qavatli uylar qurilyapti, chet ellik investorlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etishyapti – bularning hammasi birinchi o‘rinda tabiiy gaz ber, deb so‘rashyapti. Shuning uchun tabiiy gazning qo‘shimcha resurslari hosil bo‘lgan taqdirdagina uni yetkazib berishimiz mumkin, lekin hozirgi kunda unaqa imkoniyatimiz yo‘q.
Eksportning kamayishi ichki iste'molchilarga yetkazib beriladigan gaz hajmini oshiradigan darajada hali yordam bermadi. Tuman va viloyat markazlaridagi [yangi] ko‘p qavatli uylarda hozir avvalgidek markazlashgan isitish tizimi emas, lokal – har bir xonadonga ikki konturli isitish moslamalari o‘rnatilyapti, ularning soatlik sarfi – 2,4 kubometr, ya'ni hovlili xonadonning gazini oladi», – dedi Abdusattor Qayumov.
Shu yil iyul oyida O‘zbekistondan Rossiyaga tabiiy gaz eksporti butunlay to‘xtagani, Xitoyga eksport hajmi esa 3 baravarga kamaygani ma'lum bo‘lgandi. Avgust oyida energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaga belgilangan narxlarda gaz sotish «iqtisodiy jihatdan manfaat bermay qolgani»ni aytgandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

08:02 / 10.07.2025
Ftiziatriya dispanserida 1,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

13:53 / 05.07.2025