Erkinjon Turdimov: «Yangilangan kutubxona Samarqandning chinakam ziyo maskaniga aylanadi»

O‘zbekiston 22:25 / 17.10.2020 7765

Ochilish marosimida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, «Nuroniy» jamg‘armasining Samarqand viloyat bo‘limi raisi, O‘zbekiston qahramoni Hasan Normurodov ishtirok etdilar.

Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov jurnalistlarga intervyu berar ekan, Universitet xiyobonida joylashgan, barcha qulayliklarga ega ushbu maskan barcha samarqandliklar uchun haqiqiy ziyo maskaniga aylanishini ta'kidlab o‘tdi.

A.Abduhakimov, E.Turdimov va H.Normurodovga kutubxonaning faxriy ID kartalari topshirildi.

Kutubxona 1,5 yil davomida mukammal ta'mirlandi. 109 yillik tarixga ega kutubxonaning rekonstruksiya ishlariga mahalliy budjetdan 6 milliard 600 million so‘m mablag‘ sarflangan.

1911 yilda asos solingan ushbu ziyo maskani dastlab 2 ming nusxaga yaqin adabiyot bilan faoliyat boshlagan. Ayni paytda bu yerda saqlanayotgan kitoblar soni 650 mingga yaqin.

Mukammal ta'mirdan chiqarilgan kutubxonada ayniqsa nodir kitoblarni saqlash bo‘lmalarining ta'miriga alohida e'tibor qaratilgan. «Qadimiy kitoblar bizgacha saqlab kelindimi, biz ham uni kelgusi avlodlarga ziyon yetkazmasdan saqlab yetkazishimiz kerak», — dedi E.Turdimov.

Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.

Tasvirchi: Jahongir Aliboyev.

Ko‘proq yangiliklar: