Dunyoni koronavirus sababli yangi inqiroz kutayotganligi aytildi

Jahon 02:36 / 17.10.2020 9284

Koronavirus pandemiyasi global retsessiyani keltirib chiqardi, endi esa moliyaviy inqirozga ham sabab bo‘lishi mumkin, dedi Jahon bankining bosh iqtisodchisi Karmen Reynxart. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

«Bu moliyaviy inqiroz sifatida boshlanmagandi, ammo endilikda jiddiy moliyaviy oqibatlarga olib keluvchi keng miqyosdagi iqtisodiy inqirozga aylandi», — dedi u.

Reynxart G20 mamlakatlari 15 oktabr kuni koronavirus sababli qashshoq mamlakatlarning qarzlarini to‘lash muddatini yana olti oyga, 2021 yil o‘rtalarigacha uzaytirish to‘g‘risida kelishib olganidan so‘ng ana shunday bayonot berdi.   

Tashkilotning ma'lumot berishicha, qashshoq mamlakatlar 2020 yilda to‘lashi kerak bo‘lgan qarzlarning 60 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi. Qayd etilishicha, Pekin rivojlanayotgan mamlakatlarga shaffof bo‘lmagan shartlarda va ancha yuqori foizlarda ko‘plab miqdorda qarz bergan. Reynxart Xitoy shu bilan birga qashshoq davlatlarning qarz yuklarini yengillashtirishda qisman ishtirok etayotganligini qo‘shimcha qildi. Ammo 16 oktabr kuni Xitoy markaziy banki G20 taklifini qo‘llab-quvvatlashini e'lon qildi, deb yozadi Reuters.

Avvalroq koronavirus sababli Zambiya defolt e'lon qilishi mumkinligi xabar qilingandi. Bu mamlakatning uch milliard dollarlik davlat obligatsiyalariga ega bo‘lgan investorlar Zambiya hukumatining to‘lovlarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosiga rozi bo‘lishmasa yuz beradi.

Ko‘proq yangiliklar: