AQShda qariyb 70 yil ichida ilk bor ayol kishi qatl etiladi

Jahon 21:45 / 17.10.2020 25505

AQShda qariyb 70 yil ichida ilk bor ayol kishiga nisbatan o‘lim jazosi ijro etiladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

 Kanzas shtati sudi 2007 yilda Liza Montgomerini homilador ayolni o‘ldirishda aybdor deb topgandi.

 Montgomeri jinoyatni 2004 yilda Missuri shtatidagi Skidmor shahrida sodir etgan. Qurbon 23 yoshli Bobbi Jo Stinnett bo‘lgan. 

Advokatlar sudni ayol qotillik sodir etgan vaqtida gallyutsinatsiyani boshidan kechirganiga ishontirishga urinishgan. Ammo sud uni o‘lim jazosiga hukm qilgandi. Hukm 8 dekabr kuni ijro etiladi.

AQShda ayol kishi oxirgi marta 1953 yilda qatl etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: