APL. «Manchester Siti» «Arsenal»ni mag‘lub etdi

Sport 23:50 / 17.10.2020 4941

Angliya Premer-ligasi 5-turi doirasidagi markaziy uchrashuv nihoyasiga yetdi.

«Manchester Siti» jamoasi o‘z uyida «Arsenal» ustidan minimal hisobda zafar quchdi. Sterlingning yagona goli Gvardiolaga Arteta boshqaruvidagi klub ustidan uch ochko keltirdi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Siti» 7 ochko bilan 10-o‘ringa chiqqan bo‘lsa, «Arsenal» 9 ochko bilan 5-o‘rindan joy olgan.

APL. 5-tur. 

Manchester Siti – Arsenal 1:0 

Gol: 1:0 – 23 Sterling.
Manchester Siti – Ederson, Uoker, Joau Kanselu, Ruben Diash, Ake, Rodri, Foden (Fernandino, 89), Sterling, Bernardu Silva, Mahrez, Aguero (Gundo‘g‘an, 65).
Arsenal – Leno, Tirni, Belerin, Gabriel, David Luiz, Saka, Jaka (Tomas, 83), Villian (Lyakazett, 69), Sebalos, Pepe (Nketia, 83), Obameyang.

Ko‘proq yangiliklar: