Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angela Merkel koronavirusni jilovlash uchun fuqarolarni o‘zaro aloqalar va sayohatlarni kamaytirishga undadi
Germaniyada hududiy hukumatlar koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqinini ushlab qolish yo‘llari to‘g‘risida kelisha olmagandan so‘ng kansler Angela Merkel shanba kuni shaxsiy murojaat bilan chiqdi. Kansler o‘z murojaatida nemislarni ijtimoiy aloqalarni cheklashga va sayohatlarni minimal darajaga tushirishga chaqirdi.

Foto: Reuters
«Biz virus nazoratdan chiqib ketishining oldini olish uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Har kuni muhim ahamiyat kasb etadi», dedi Merkel o‘z videomurojaatida.
Germaniyada virus yuqtirish darajasi Yevropaning aksariyat davlatlariga qaraganda pastroq bo‘lsa-da, Robert Kox instituti bergan ma'lumotga ko‘ra virusning tarqalishi tezlashgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 33taga ko‘payib, 9767 kishiga yetgan.
Germaniya rahbarlari bu hafta koronavirusning ikkinchi to‘lqinini ushlab turish uchun yangi choralar bo‘yicha kelishuvga erisha olmadilar. Ayni paytda, bir nechta mintaqalardagi sudlar kasalliklar o‘choqlaridan tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonada turish taqiqlarini bekor qildi.
Siyosatchilar va sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari aholini ortiqcha ixtiyoriy choralar ko‘rishga, shu jumladan niqob taqishga, boshqalar bilan yaqin aloqada bo‘lmaslikka va qo‘llarni tez-tez yuvishga chaqirdi.
- Biz yanada ko‘proq harakat qilishimiz kerak, - degan Merkel. - Uyda yoki tashqarida odamlar bilan kamroq uchrashing. Iltimos, muhim bo‘lmagan har qanday sayohat va marosim-tadbirlarni keyinroqqa qoldiring.
Mavzuga oid

19:55 / 15.12.2021
Hech qachon xafa bo‘lmaydi, hech qachon jazavaga tushmaydi. Germaniyaning yangi kansleri haqida

19:59 / 07.12.2021
Dunyoning eng nufuzli ayollari reytingida 11 yil ichida ilk bor yetakchi o‘zgardi

09:41 / 05.12.2021
Merkel Germaniya xalqiga so‘nggi bor murojaat qildi

10:29 / 03.12.2021