Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov: «Inson huquqlari bo‘yicha kengash O‘zbekistonga nisbatan eng tanqidchi tashkilot bo‘lgan»
“BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 20 yil davomida O‘zbekistonga nisbatan eng tanqidiy xalqaro tashkilot bo‘lgan”, - deya fikr bildirdi Abdulaziz Komilov bugungi Xalqaro press klub sessiyasida.

Bugun, 17 oktabr kuni, "O‘zbekiston — BMT: muhim tashabbuslar va hamkorlik natijalari" mavzusida navbatdagi xalqaro press klub sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashga qanday a'zo bo‘lganligi va uning ahamiyati xususida so‘z bordi.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ushbu xalqaro tashkilotga a'zo bo‘lishda O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berdi:
“O‘zbekiston BMTning Inson huquqlari bo‘yicha tashkilotga a'zo bo‘lganligi mavqeimizni oshirdi, shu bilan birga, bu mas'uliyat ham yuklaydi. Ushbu tashkilotga a'zo bo‘lishga harakatni 3 yil oldin boshladik. Buni qanday amalga oshirdik? Eng avvalo, majburiy va bolalar mehnatini bekor qiladigan qaror qabul qilindi. Unga bo‘ysunmaganlar jazoga tortildi. Xalqaro tashkilotlar vakillari har yili paxta dalalariga borib vaziyatni kuzatishdi.
Shuni alohida ta'kidlashim kerakki, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 20 yil davomida O‘zbekistonga nisbatan eng tanqidchi xalqaro tashkilot bo‘lib kelgan edi. Shunga qaramasdan ushbu kengashga a'zo bo‘lishga harakat qildik.
Xalqaro maydonda alohida e'tirof etiladigan qanday ishlarni qildik? OAV erkinligini ta'minlash, din va e'tiqod erkinligi bo‘yicha ko‘plab sa'y-harakatlar amalga oshirildi. Yuqorida aytganimdek, majburiy mehnat, bolalar mehnatiga barham berildi. Shuningdek, gender tengligini ta'minlashga davlat siyosati darajasida ahamiyat ko‘rsatildi, sud-huquq tizimi jiddiy isloh qilindi”, - dedi Komilov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
Mavzuga oid

17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi

11:06 / 14.07.2025
BMT: Isroilning G‘azoga insonparvarlik yordamini bloklashi hayot uchun xavf tug‘dirmoqda

08:15 / 14.07.2025
BMT qarorgohida Falastin bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

13:45 / 11.07.2025