Xonqa tumani hokimi aholidan uzr so‘rab, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni to‘g‘rilashga va'da berdi

O‘zbekiston 21:19 / 16.10.2020 3595

Sessiyada «Tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari»ga asosan Xonqa tumanini «qizil» toifadan olib chiqish masalalari muhokama qilindi.

AOKAning Xorazm viloyat boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha faoliyati «qoniqarsiz» baholangan tuman hokimi va sektor rahbarlari yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun aholidan uzr so‘rab, vaziyatni to‘g‘irlashga va'da bergan.

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada sektor rahbarlari mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan 22 banddan iborat «Yo‘l xaritasi»ni taqdim etgan.

«Tuman iqtisodiyotining rivojlanish darajasi nisbatan past bo‘lishiga hududdagi mavjud imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanmaslik, iqtisodiy o‘sish sur'atlarini yuqori darajada ta'minlamaslik, yashirin iqtisodiyot natijasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi statistik hisobotlarda o‘z aksini topmagani ortidan ko‘rsatkichlarda qoloqliklarga yo‘l qo‘yilgani sabab bo‘lgani qayd etildi», – deyiladi hokimlik xabarida.

Ko‘proq yangiliklar: