Turli davlatlarda iPhone 12’ni sotib olish uchun qancha vaqt ishlash kerakligi hisoblab chiqildi
Tahlilchilar Apple’ning yangi smartfoni iPhone 12 Pro’ning narxini turli davlatlardagi o‘rtacha ish haqi bilan taqqoslab, uni sotib olishga yetadigan pulni qaysi davlatda tezroq ishlab topish mumkinligini aniqlashdi.

Foto: Apple
Picodi portali tahlilchilari o‘tkazgan “iPhone 2020 indeksi” tadqiqotiga iPhone 12 Pro’ning 128 Gb xotiraga ega versiyasi asos qilib olingan. Qurilmaning narxi 1099 dollarni tashkil qiladi.
Aniqlanishicha, o‘rtacha maosh oladigan shveysariyaliklarga buning uchun eng kam vaqt - 4,4 kun talab etilar ekan. Amerikaliklar iPhone 12 Pro’ga yetadigan pulni topish uchun 6,1 kun, avstraliyaliklar va lyuksemburgliklar esa 6,6 kun ishlashlari kerak.
Ko‘rib chiqilgan davlatlar ichida Meksika va Hindistonda iPhone 12 Pro’ga yetadigan pulni ishlab topish uchun eng ko‘p vaqt - 54,4 kun ishlash talab etilarkan.
Indeks iPhone 12 Pro’ning Apple hududiy do‘konlaridagi rasmiy narxlari asosida hisoblab chiqilgan. Turli davlatlardagi o‘rtacha maosh haqidagi ma'lumotlar esa milliy statistika boshqarmalari saytlaridan olingan.
Mavzuga oid

16:59 / 15.03.2025
Apple super-premium iPhone 17 Ultra smartfonini chiqaradi

20:55 / 14.03.2025
Bloomberg: AirPods quloqchinlari suhbatni real vaqtda boshqa tilga tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

17:03 / 11.03.2025
Apple kompaniyasi iPhone, iPad va Mac interfeysiga katta o‘zgarishlar kiritmoqchi

19:09 / 10.03.2025