Turkiya va Qozog‘iston kosmik sohada hamkorlik shartnomasini imzoladi

Jahon 10:26 / 16.10.2020 2488

«Ushbu bitim ikki mamlakat aerokosmik muassasalari va kompaniyalari o‘rtasida amaliy hamkorlik qilishga imkon beradi», degan Serdar Yildirim imzolash marosimi paytida. 

Shuningdek, Yildirim va TUA delegatsiyasi Qizilo‘rda viloyatidagi «Baykonur» kosmodromiga ham tashrif buyurib, Soyuz MS-17 kosmik kemasining uchishini kuzatgan.

Rasmiy uchrashuvlardan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lgan Serdar Yildirim, Turkiya va Qozog‘iston o‘rtasida muhim hamkorlik salohiyatini ko‘rganliklarini aytdi. Uning ta'kidlashicha, ikki tomonlama kelishuvlar hamkorlik sohalarini yaxshiroq baholash imkoniyatini beradi.

«Turkiyada sun'iy yo‘ldosh ishlab chiqarish infratuzilmasi mavjud. Bu yerda ham (Qozog‘iston) ma'lum bir darajadagi qobiliyat va imkoniyatlar mavjud. Agar ularni birlashtirsak, dunyo bilan yaxshiroq raqobatlasha olamiz», degan Serdar Yildirim.

Kelishuvga muvofiq, kelgusi oy har ikki tomon mutaxassislari ishtirokida texnik qo‘mita tuzilib, qo‘shma loyihalarni baholash amalga oshiriladi.

Shuningdek, TUA prezidenti turk kompaniyasi Qozog‘istonning sun'iy yo‘ldosh aloqa tizimlari uchun taklif kiritganini va tender shu oy ichida yakunlanishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

«Agar turk firmasi tenderda g‘olib chiqsa, biz Qozog‘istonning sun'iy yo‘ldoshini ishlab chiqarish imkoniyatiga egamiz», degan u.

Ko‘proq yangiliklar: