Tramp Yevroittifoq AQSh mahsulotlariga boj kiritgan taqdirda keskin javob qaytarilishi bilan tahdid qildi

Jahon 00:22 / 16.10.2020 6552

Agarda Yevropa ittifoqi Amerika mahsulotlariga nisbatan 4 mlrd dollarlik boj kiritadigan bo‘lsa, AQSh yanada keskinroq javob choralarini qo‘llaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma'lum qildi.

"Nima bo‘lishini ko‘ramiz", -dedi u Jahon savdo tashkilotining Bryusselga yiliga qariyb 4 mlrd dollarlik boj kiritishga bergan ruxsatini izohlarkan.

"Agar ular javob choralarini qo‘llaydigan bo‘lsa, biz ularnikidan keskinroq javob choralarini kiritamiz", - dedi Tramp.

Avvalroq Jahon savdo tashkiloti Boeing aviazavodiga AQSh tomonidan imtiyozlar berilishi holatini e'tirof etgan va YeIga Amerikaning qiymati to‘rt milliard dollarlik mahsulotlariga nisbatan savdo bojlarini kiritishga ruxsat bergandi.

O‘tgan yili JST Vashingtonga Yevropaning qiymati 7,5 milliard dollarlik mahsulotlariga boj kiritish imkoniyatini bergandi.

 Boeing va Airbus kompaniyalariga imtiyozlar berilgani borasidagi bahs 16 yil davom etdi. Bu tarixdagi eng yirik korporativ to‘qnashuv bo‘ldi.

Ko‘proq yangiliklar: